Investitsiya tavakkalchiliklari va cheklovlar
Jismoniy shaxslar uchun cheklov: yillik 150× BHM va bir taklif bo‘yicha 30× BHM. Bilim testidan o‘tib (≥75%) cheklov olib tashlanadi. •Bosh tortish sharti: akseptdan so‘ng, muddat tugagunga qadar investor shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin.
Ko‘chmas mulk bozoridagi umumiy pasayish loyiha portfelining qiymatigasir qiladi. Iqtisodiy beqarorlik, valyuta kursi va inflyatsiya — tushu ta’m, xarajat va dividend miqdorlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Investitsiyangizdan tezda chiqish — ulushni sotish — bozor sharoiti va xaridor mavjudligiga bog‘liq. Bank hisobidagi pulday darhol qaytarib bo‘lmaydi: sotib oluvchini topish va shartnomani rasmiylashtirish vaqt talab etadi.
O‘zbekiston Soliq kodeksi, ko‘chmas mulk qonunchiligi yoki investitsiya tartibining o‘zgarishi loyiha foyda darajasi va investorlar dividendiga ta’sir qilishi mumkin. Bu omillar Envast nazoratidan tashqarida.
Tabiiy ofatlar (zilzila, suv bosishi), pandemiya, harbiy harakatlar yoki davlat tomonidan qabul qilingan keskin normativ o‘zgarishlar loyihaning umumiy holatiga ta’sir qilishi mumkin. Shartnomalar bo‘yicha bunday holatlarda majburiyat bajarish muddatlari uzaytiriladi.