Kompaniya yangiliklari
Hurmatli investorlar!
HISSA Kommandit Shirkati bo'yicha navbatdagi investitsiya raundi ochildi. Raund 19-avgust kuni boshlandi va 28-avgust kuni yopiladi. Ushbu raundda jami 100 000 000 so'm miqdorida ulush taklif etilmoqda.
| Raund muddati | 19.08.2026 — 28.08.2026 (10 kun) |
| Taklif etilayotgan summa | 100 000 000 so'm |
| Bu ustav kapitaldagi ulush | 2,5733% |
| Minimal sarmoya | 12 000 000 so'm (≈ 0,3088% ulush) |
| 1% ulush qiymati | 38 860 000 so'm |
| Kutilayotgan yillik foyda | ≈ 16% |
| Risk darajasi | Past |
| ℹ️ Diqqat: minimal sarmoya miqdori bilan hisoblaganda ushbu raundda 8 nafargacha investor qatnasha oladi. Ulushlar ariza kelib tushish tartibida taqsimlanadi — summa to'lgach raund muddatidan oldin ham yopilishi mumkin. |
HISSA Kommandit Shirkati bugungi kunda Toshkentning 3 ta tumanida, 4 ta turar joy majmuasida jami 7 ta obyektlar — 272,71 m² turar joy maydoniga ega:
Yangi raund mablag'lari portfelni kengaytirish — qo'shimcha obyektlarni sotib olish va mavjud majburiyatlarni qoplash uchun ishlatiladi. Har bir yangi obyekt bo'yicha shartnoma imzolangach, sizni alohida xabardor qilamiz.
Har bir raund —HISSA loyihasini navbatdagi bosqichga olib chiqadi. Ishonchingiz uchun rahmat! 🌟